Yangi yil bayrami kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ko‘pchilik bayram dasturxonini bezatish va taomlar tayyorlash bo‘yicha rejalar tuzishni boshlab yuborgan bo‘lsa ajab emas. Bu borada ba’zi foydali maslahatlar va tavsiyalar berish maqsadida “Daryo” nashri Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikda Yangi yilga bag‘ishlangan loyihani ishga tushirdi.
Ushbu loyiha doirasida bayram dasturxoniga tortish mumkin bo‘lgan taomlar retseptini taqdim etib boramiz.Bugun menyuda “Sezar” salati
Ushbu salatni tayyorlash uchun taxminan 15—20 daqiqa vaqt va 13 233 so‘m talab etiladi.
Zarur masalliqlar
- 150 g “Aysberg” salat bargi
- 100 g qaynatilgan tovuq go‘shti
- 60 g cherri pomidori
- 20 g parmezan pishlog‘i
- 2—3 bo‘lak sarimsoq piyoz
- 30 g marinadlangan kavar (kapersi)
- 200 g mayonez
Tayyorlanishi
1. 150 g “Aysberg” salat bargini yirik bo‘laklarga bo‘lib chiqamiz.2. 60 g cherri pomidorining har birini to‘rt bo‘lakka bo‘lamiz.
3. 100 g qaynatilgan tovuq go‘shtini tilim qilib kesamiz.
4. Endi sousni tayyorlab olamiz. Buning uchun 2—3 bo‘lak sarimsoq piyoz va 30 g kavarni mayda qilib to‘g‘raymiz.
5. Va 200 g mayonez bilan aralashtiramiz.
6. So‘ng barcha masalliqlarni idishga solib, sous bilan aralashtiramiz.
7. Tayyor salatni likopchaga solib, ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan 20 g parmezan pishlog‘idan sepamiz.
Salatimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu salatni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Masalliqlar narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 8-dekabr holatiga berilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi Il Migliore restorani va shaxsan bosh oshpaz Usen Karsibayevga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida pitssa, grilda pishirilgan tovuq soni, rukkolali salat va boshqalarni tayyorlaymiz hamda ushbu taomlar bilan bayram dasturxonini bezaymiz.
Izoh (0)