Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Prezident rahnamoligida inson manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibot, xususan, adliya tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarining samarali mehnat qilishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Zamonaviy va milliy arxitektura yechimlari asosida qad rostlagan binoda yosh oilalarning nikohini qayd etish marosimini tashkil etish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Marosimlar zali, hujjatlarni saqlash va boshqa xonalar bugungi kun talablari asosida jihozlangan.
Izoh (0)