Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chempionlar ligasiga tashlangan qur’adan keyin “Paxtakor” menejeri Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berildi klubning rasmiy saytida.

“Paxtakor” menejeri Samvel Babayan. Foto: pakhtakor.uz

“Paxtakor” menejeri Samvel Babayan. Foto: pakhtakor.uz

“Chempionlar ligasi qit’amizda klublar uchun eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Unda o‘z mamlakatining eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Shu sababli unda kuchsiz jamoa va oson o‘yin bo‘lmaydi.

Biz 2010-yil ‘Al Shabab’ va ‘Al Ayn’ bilan bir guruhdan o‘rin olgandik. O‘shanda nimchorak finalga yo‘llanma olganmiz. Oxirgi raqib nomini esa Eron, Qatar va Ummon jamoalarining saralash uchrashuvlaridan keyin bilib olamiz. Bu safar ham guruhda muvaffaqiyatli ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olishni istaymiz.

Mavsumga tayyorgarlik jarayonini 14-dekabrdan boshlaymiz. Albatta, Chempionlar ligasida yurtimiz va klub sha’nini munosib himoya qilish uchun tayyorgarlik jarayonini shunga yarasha olib boramiz”, — dedi “Paxtakor” menejeri Samvel Babayan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi