Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Norvegiya politsiyasi Nobel mukofoti taqdirlash marosimi vaqtidagi xavfsizlikni ta’minlashda yuzaga kelgan muammo uchun kechirim so‘radi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Foto: AFP

Foto: AFP

Tinchlik bo‘yich Nobel mukofotini topshirish vaqtida bu yilgi mukofot sohiblari − pokistonlik Malala Yusufzay va hindistonlik Kaylash Satyarti qarshisida o‘tirgan yosh yigit Meksika bayrog‘ini o‘rtaga chiqarib, ulardan ingliz tilida yaqinda Meksikada talabalar bilan bo‘lib o‘tgan hodisalarni unutmasligini so‘ragan. Qayd etilishicha, u mamlakat janubida o‘g‘irlab ketilgan o‘nlab talabalarning keyinchalik jasadlari topilganini nazarda tutgan.

Tadbirning xavfsizligiga javobgar maxsus xizmat xodimlari zudlik bilan yigitni marosim o‘tkazilayotgan zaldan tashqariga olib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, chaqirilmagan mehmonning yaqinida Norvegiya qirollik oilasi va hukumat a’zolari o‘tirgan. Ulardan hech biriga zarar yetmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi