Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Butunjahon rus tili festivali va “Rus so‘zi” VI Xalqaro rus nutqi festivalida buxorolik o‘qituvchilar birinchi va uchinchi o‘rinni egallagani xabar berilgan edi. Xabar manbasi bo‘lgan “MyTashkent.uz” sayti ushbu ma’lumotni “Rossotrudnichestvo” agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi saytidan olganini ma’lum qilgan.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, festivalning xorijda yashovchi vatandoshlar yo‘nalishida birinchi egallagan Lyudmila Melnikova Buxoro vakilasi bo‘lsa, umumiy tanlovda uchinchi o‘rinni egallagan Aziza Mirzanazarova Buxoro emas, balki Namangan vakilasi hisoblanadi. Bu haqda namanganlik rus tili o‘qituvchisining o‘zi “MyTashkent.uz”ga yozgan maktubida ma’lum qilgan.
Izoh (0)