Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida “MDHdagi ta’lim va o‘sish istiqboli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Kun” “RIA Novosti”ga tayanib.
Ushbu anjuman davomida Rossiya va O‘zbekiston, shuningdek, MDH va ShHT ta’lim tizimini kelgusida yanada yaqinlashtirish zarurligiga alohida urg‘u berildi. “Bu Yevroosiyoda integratsion jarayonlarning muvaffaqiyat qozonishi uchun eng zarur shartlardan biri sanaladi”, — deb yozadi Rossiya agentligi.
“Anjuman qatnashchilari Rossiya maorifining xorijdagi ahamiyati, shuningdek, xorij fuqarolarining Rossiya ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi muhim ekanligini ta’kidladi”, — deyiladi “RIA Novosti” axborotida.
Davra suhbatida Toshkentdagi ta’lim va ilmiy muassasalar, jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston OAVlari qatnashdi.
Izoh (0)