Toshkentda avtomobillarning davlat raqamlarini o‘g‘irlab ketgan uch nafar yosh yigit qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qayd etilishicha, dastlab Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasiga Yunusobod tumanida yashovchi kishi o‘zining BMW rusumli avtomobilining davlat raqami o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan. Keyin esa Sirg‘ali tumanida Matiz egasi avtomobilining davlat raqami o‘g‘irlanishi yuzasidan arz qilgan.
Bu faktlar bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, qidiruv ishlari boshlangan. Tez orada qo‘lga olingan 1992-yilda tug‘ilgan yigit va uning 21 yoshli ikki sherigi oldiddan o‘g‘irlangan davlat raqamlari topilgan.
Izoh (0)