2014-yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Elchisi Jorj Edgar, Germaniya Federativ Respublikasi Elchisi Naythart Hofer-Vissing, Fransiya Respublikasi Elchisi Jak-Anri Els hamda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Boshlig‘i, Elchi Yuriy Shterk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida dolzarb xalqaro muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligi muassasalarining bo‘lajak yig‘ilishlarini o‘tkazish muddati yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)