O‘zbekistonlik Sasha Li Latviyadagi Riga Symphony 2014 xalqaro yoshlar tanlovining “Mualliflik qo‘shig‘i” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Sasha Li o‘zining mazkur g‘alabasi haqida “Mytashkent.uz” portalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Sasha Li turli mamlakatlardan kelgan 200 dan ziyod yoshlar qatnashgan tanlovda bastakor M. Otajonovga tegishli “Moy Tashkent” (“Mening Toshkentim”) taronasi bilan ishtirok etgan.
Shu tariqa, Sasha Li Riga Symphony 2014 tanlovining laureat uchun diplomi bilan taqdirlandi.
Ishtirokchilarni taqdirlash marosimi 7-oktabr kuni Ziemeļblāzma Madaniyat saroyida tashkil etilgan Riga Symphony 2014 – Charity Gala konsert dasturi bilan birgalikda bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)