“Barselona” hujumchisi Lionel Messi YeChL doirasida “PSJ”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘tkazilgan doping nazoratidan norozi bo‘ldi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Hujumchining aytishicha, “Sportda sog‘likni himoya qilish ispan agentligi” doping-nazoratini o‘tkazishda g‘alati ishlar qilmoqda.
“Doping nazoratidan o‘tish kuni nazoratdan o‘tish uchun chaqirilgan besh nafar futbolchi orasidan faqat mendan tahlil uchun qon va peshob olishdi. G‘alati, shunday emasmi?” — deya yozadi Messi Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messidan tashqari “Barselona” futbolchilaridan yana Andres Inyesta, Klaudio Bravo, Ivan Rakitich va Jordi Alba doping nazoratidan o‘tish uchun chaqirilgan edi.
Izoh (0)