Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi Maykl Bakster o‘z tanasiga “Simpsonlar” multserialining 203 qahramoni rasmlarini tatuirovka sifatida tushirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Umumiy hisobda 130 soatga yaqin vaqt ketgan ish uchun Bakster ustalarga 12 ming Avstraliya dollari (deyarli 10 ming AQSh dollari) to‘lagan. Tatuirovka tushirib bo‘lingach u Ginnesning rekordlar kitobi bilan bog‘langan. Uning rekordi kitobga 17-dekabr – multserialga 25 yil to‘ladigan kuni kiritilishi kutilmoqda.
Qamoqxonada qo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan Bakster multserial qahramonlari tatuirovkasini tushirishga bir yildan kamroq vaqt oldin qaror qilgan. Tanadagi tatuirovkalar bo‘yicha rekordni aynan “Simpsonlar” multseriali qahramonlaridan biri – Gomerning rasmini qo‘liga 41 marta chizdirgan Yangi Zelandiya vakili Li Veriy joriy yilning iyul oyida o‘rnatgan.
Izoh (0)