Eng yirik aloqa operatori Beeline yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochilishi haqida xabar beradi.
5-dekabr kuni soat 09:00 dan 14:00 gacha “Qo‘yliq” dehqon bozori hududida Beeline’ning navbatdagi shaxsiy ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. An’anaga ko‘ra, ochilish marosimi doirasida tashrif buyurganlar uchun sovrinli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Ularda 12 ta “oltin raqam”, Beeline Club imtiyozli kartalari va Samsung Galaxy Ace II mini smartfoni o‘ynaladi.
“Aloqa bozoridagi yetakchi sifatida Beeline doimiy ravishda o‘z savdo tarmog‘ini rivojlantirmoqda. Biz Toshkentning yirik tumanlaridan birida navbatdagi rasmiy salonimizni taqdim etayotganimizdan mamnunmiz”, — deya voqeani sharhladi Unitel’ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Resh.
Izoh (0)