Rossiya chempionatining 15-turi doirasida “Terek”ni mag‘lub etgan (1:0) “Krasnodar” kuz oylarida premyer-liganing eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoasiga aylandi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Odil Ahmedov va uning jamoadoshlari sentabr, oktabr va noyabr oylarida o‘tkazilgan to‘qqizta o‘yinda 19 ochko jamg‘ardi. Musobaqa yetakchisi “Zenit” ushbu davrda o‘z hisobiga 17 ball yozib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytda peterburgliklar turnir jadvalida “Krasnodar”ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda.
Izoh (0)