Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining oshpazi ovqat o‘g‘irladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBning “Ogoh” gazetasiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi bog‘chalardan birida oshpaz bo‘lib ishlaydigan 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro tarbiyalanuvchilar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlashga qaror qilgan.
U oziq-ovqat mahsulotlarini bog‘chadan yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida Yunusobod tumani “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)