Belgiya aholisi qovurilgan kartoshka bo‘lakchalaridan iborat taom ilk marta 16-asrda mamlakat shimolidagi Flandriyada tayyorlana boshlanganini dastak qilgan holda, “fri”ni belgiyaliklarning milliy taomi sifatida YuNESKO ro‘yxatiga kiritilishi kerakligini aytmoqda. Bu haqda “TASS” axborotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Belgiya hukumati ham bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib, mamlakat hududida 1—7-dekabr kunlarini “fri haftaligi” bayramlari bilan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida YuNESKO tashkiloti “Nomoddiy va nomoddiy madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish” bo‘yicha IX sessiyasini o‘tkazmoqda.
Belgiyaliklar YuNESKOning milliy taomlar bo‘yicha ro‘yxatiga “qovurilgan kartoshka”ni ham kiritish uchun fransuz taomlari, Meksika oshxonasi va arman pazandachiligi bilan raqobatlashishi kerak.