Eng yirik aloqa operatori Beeline sentabr oyida boshlangan aksiya 2014-yilning so‘ngiga qadar davom etishini xabar bermoqda. Uning shartlariga ko‘ra, 3G smartfon va planshet xarid qilgan va moslama sotilgan savdo nuqtasida to‘ldirilgan muhrli kafolat taloniga ega har bir xaridor olti oy davomida internet bonuslarni qo‘lga kirita oladi.
Ushbu aksiya doirasida istalgan ishlab chiqaruvchilarning 3G-devayslari xaridorlariga yarim yil mobaynida 100 Mb internet taqdim etiladi. Samsung kompaniyasining 3G-moslamasini xarid qilganlarga esa birinchi oy 300 Mb, qolgan besh oy davomida esa 150 Mb internet taqdim etiladi.
“Mamlakatimizning innovatsion rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Navbatdagi aksiyamizda ichki bozorimizda aksiya boshlangan vaqtdan boshlab planshet yoki smartfon xarid qilgan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi aholi ishtirok eta oladi”, — dedi Unitel’ning tijorat direktori Maksim Yefremov.
Moslamani xarid qilayotganda sotuvchi to‘ldirilgan muhrli kafolat cheki va xarid uchun chekni taqdim qilishi darkor. Aynan shu hujjatlar Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarining yirik savdo markazlarida joylashgan promo-nuqtalarda maxsus kafolatli Beeline kuponini qo‘lga kiritishga yordam beradi.
Beeline kuponlari orqali kompaniyaning rasmiy ofislariga murojaat qilish orqali ayni damda mavjud bo‘lgan yoki yangi raqamga internet-bonuslarni 2015-yilning 15-yanvariga qadar qo‘lga kiritish mumkin.
Tafsilotlar, shuningdek savdo nuqtalari va ofislarning manzillari bilan Beeline.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)