Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro kechasi uyga qaytayotganida ularning yo‘lini ikki noma’lum shaxs to‘sib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Zo‘ravonlar kattaqo‘rg‘onliklarni pichoq bilan qo‘rqitib, pul talab qildi. Oxir-oqibat ularning jami 280 ming so‘m pulini tortib olib, voqea joyidan yashirindi.
Mazkur holat yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida talonchilar aniqlanib, qo‘lga olindi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)