Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

Xabar qilinishicha, Odil Ahmedovning oyoq mushaklari biroz zo‘riqqan. Futbolchining safga qaytishi uchun ikki hafta yetarli bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi “Krasnodar” — “SSKA” uchrashuvining 20-daqiqasida jarohat olib safdan chiqqan edi. “Krasnodar” bosh murabbiyi Oleg Kononov o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Odil Ahmedovning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

Ammo o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng yarim himoyachining jarohati jiddiy emasligi aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi