Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tuman ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etib, Epica rusumli avtomobilining o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Na Postu” gazetasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilini ko‘chada qarovsiz qoldirib, ishlari bilan ketgan. Birozdan so‘ng qaytganida esa mashinaning joyida yo‘qligini ko‘rgan.
Jabrlanuvchining murojaati asosida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, viloyat hududida mashinani tutish rejasi tuzildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida tez orada Epica’ni haydab qochgan shaxs ishsiz fuqaro ekani aniqlanib, u qo‘lga olindi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)