Shveysariya to‘rtinchi divizionida ishtirok etuvchi “Grenxen” klubi “Lyutsern”ning yoshlar jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida 0:10 hisobida mag‘lubiyatga uchragach, rahbariyat 11 nafar futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Solothurner Zeitung.
“Bu qo‘pol eshitilishi mumkin, lekin ushbu futbolchilar liga darajasiga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlar yurishmagan vaqtda chora ko‘rish lozim. Men kam gapirib, ko‘p ish qiladigan odamman”, − dedi klub sport direktori Renato Brun.
Qayd etilishicha, bo‘shatilgan futbolchilar o‘yin tugashi bilanoq kiyim almashtirish xonasidan o‘z narsalarini olishga majbur qilingan. Murabbiyning taqdiri esa noma’lumligicha qolmoqda. Ushbu qarordan hayratga tushgan futbolchilarning ko‘pchiligi bu holat yuzasidan arz qilmoqchi.
Izoh (0)