Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR yetakchisi Kim Chen Inning maxsus vakili, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibi Soy Ren Xe bilan uchrashuvdan keyin Pxenyan muloqotga tayyorligini bildirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Soy Ren Xe olib kelgan Kim Chen Inning Vladimir Putin nomiga murojaatnomasida ikki tomonlama munosabatlarimizni har jihatdan rivojlantirish, hozirda Koreya yarimorolida saqlanib turgan muammolarni yechish uchun hamkorlik qilishga bel bog‘langani aks etgan”, − dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR maxsus vakili bilan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi darajaga ko‘tarilishi va bir qancha istiqbolli loyihalar mavjudligi ta’kidlangan.
Izoh (0)