NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyani Ukraina sharqidagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Minsk kelishuvlariga amal qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Biz Rossiyaning Sharqiy Ukrainaga yaqin chegaralarida harbiylarning katta oqimini ko‘ryapmiz. Biz Rossiyani o‘z qo‘shinlarini ortga qaytarishga va Minsk kelishuvlarini hurmat qilishga chaqiramiz. NATO Ukrainani to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlaymiz”, − dedi Stoltenberg.
Ukraina ma’muriyati Rossiya bilan urush boshlashga qaror qilsa, bunga NATOning munosabati qanday bo‘lishi haqidagi savolga bosh kotib Rossiya ham, ayirmachilar ham Minsk shartnomalariga amal qilishi uchun barcha choralarni ko‘rishini aytib javob bergan.
Izoh (0)