Shimoliy Koreya BMTning mamlakatdagi inson huquqlari buzilishiga oid rezolyutsiyasiga javoban yangi yadroviy sinovlar o‘tkazish bilan tahdid qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
BMT Inson huquqlari qo‘mitasi Xavfsizlik kengashiga Shimoliy Koreya hukumati tomonidan insoniyatga qarshi jinoyat sodir etilganligi ehtimoli yuzasidan Xalqaro jinoyat sudiga murojaat qilishini so‘rab rezolyutsiya qabul qilgan edi.
KXDR rahbariyatining bayonotida aytilishicha, BMTning ushbu rezolyutsiyasi AQSh va boshqa zo‘ravon davlatlarning “siyosiy provokatsiyasi” bo‘lib, Shimoliy Koreyani yangi yadroviy sinovlar haqida o‘ylashga majbur qiladi.
Izoh (0)