Xorazm viloyatidan bo‘lgan shaxs boshqa davlatga ishlagani ketdi. U o‘zga yurtdaligida uyiga jiyani bir qop sabzi ko‘tarib keldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Xonadon sohibasiga sabzi to‘la qopni ichkariga olib kirishga yordamlashar ekan, jiyan xona eshigini sekin berkitib, ayolga tegajog‘lik qila boshladi. Uy bekasi esa uni siltab, oshxonaga chiqib ketdi. Yigit avvaliga uyiga ketmay, ayolni kutib turdi. Saldan so‘ng, keyin kelishini aytib chiqib ketdi.
Xonadon bekasi bo‘lib o‘tgan voqeani biroz vaqtdan so‘ng o‘zga yurtdan qaytgan turmush o‘rtog‘iga aytib berdi. Uy sohibi jiyani bilan o‘zi gaplashishini aytdi-yu ko‘p o‘tmay yana ishlashga ketdi.
Ayolining betob bo‘lib qolgani bois ikki yildan so‘ng uyiga qaytgan kishi avval bo‘lgan voqeani yodga olib, qarindoshini izlab bordi va u bilan birgalikda ovloq joy tomon ketdi. Bu yerda u ayoliga shilqimlik qilgan qarindoshining uzrlarini ham eshitib o‘tirmay, uni kaltaklay ketdi. U qarindoshi jimib qolgachgina o‘ziga keldi va jiyanining tirikligini bilib, pochchasiga qo‘ng‘iroq qildi.
Pochchaga aytilganidek, “yiqilib, shikastlangan jiyan” shifoxonaga olib borildi, biroq ko‘p kaltaklangani bois hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Izoh (0)