AQSh federal sudi Texas shtatining Xyuston shahrida yashovchi 56 yoshli ayol Deniz O’Nilni prezident Barak Obamaga tahdidli maktub yozgani uchun 21 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ayol federal sud majlisida 2013-yil noyabr oyida Teddy Bear Paradise imzosi bilan maktub jo‘natgani, unda AQSh prezidentiga tahdidlar bo‘lganini aytib bergan.
Keyinroq u maxsus xizmat agentlariga agar o‘zi Obamani o‘ldirolmasa, buning uchun qotil yollash niyati bo‘lganini ma’lum qilgan. Ayol joriy yilning avgust oyida o‘zining aybdorligini tan olgan.
Izoh (0)