Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqining navbatdagi yig‘ilishi davomida Rossiyaga qarshi ayngi sanksiyalar kiritishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Brisbenda bo‘lib o‘tgan “Katta yigirmalik” sammiti yakunlariga ko‘ra, Merkel Putin qonun kuchidan emas, balki kuch qonunidan foydalanishga harakat qilmoqda, degan xulosaga kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra bu Qrimning anneksiya qilinishi bilan boshlanib, Donbassdagi voqealar bilan davom etgan.
“Rossiya Ukrainaning davlat sifatidagi hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzmoqda hamda qo‘shni davlatga go‘yoki o‘z ta’sir doirasi kabi munosabatda bo‘lmoqda. Ikkala jahon urushi va sovuq urush yakunidan keyin Rossiya o‘zining Ukrainadagi harakatlari bilan butun Yevropadagi tinch tartibotga tahdid solmoqda.
Birinchidan, biz Ukrainani ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz. Ikkinchidan, Rossiya bilan muzokaralarda mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish uchun diplomatik harakatlarni ayamaymiz. Uchinchidan, Rossiyaga qarshi iqtisodiy cheklovlarni kerakli darajagacha kuchaytirib boraveramiz”, − dedi Merkel.
Izoh (0)