O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovining oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Yakuniy bosqichda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.
“Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika tanlovining oliy ta’lim muassasalari bosqichida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarining 550 nafardan ortiq professor-o‘qituvchisi, ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlari faol ishtirok etdi.
Tanlovda ishtirokchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid amaliy ishlari, milliy qonunchilik, siyosiy, huquqiy bilimi, yoshlarga ijobiy ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati atroflicha tahlil etildi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.
Izoh (0)