“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona viloyat filialida 19 pochta aloqa tarmog‘i va 290 ta aloqa bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi portali xabar bermoqda.
Xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish samaradorligini oshirish maqsadida yil boshidan buyon jamiyatga 52 ta zamonaviy kompyuter va yettita Damas avtomobili sotib olindi.
“Sog‘lom bola yili” dasturi bo‘yicha ishchi-xodimlarning jami 212 nafar farzandi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida oromgohlarda dam oldirildi.
Jamiyatda yosh mutaxassislarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Alijon Ibragimovning ta’kidlashicha, yoshlarga kasb sirlari puxta o‘rgatilib, ular ishga taklif etilmoqda. Joriy yilda Toshkent axborot texnologiyalari instituti Farg‘ona filialini tamomlagan to‘rt nafar hamda kasb-hunar kollejini bitirgan 22 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi.
Izoh (0)