So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Xorijlik mutaxassislar Orol muammosini bartaraf etish bugunning dolzarb vazifasi ekanligini ta’kidladi

    28.10.2014, 13:28 5297

    Urganch shahrida 28—29-oktabr kunlari “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir oldidan anjuman ishtirokchilarining ayrimlari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

    Orol dengizi. Foto: glogster.com

    Orol dengizi. Foto: glogster.com

    Xususan, Niderlandiyadagi Yer osti suvlari resurslarini baholash bo‘yicha xalqaro markaz (IGRAC) direktori Neno Kukurich Orol muammosi nafaqat muayyan mamlakat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masala ekanini qayd etdi: “Urganchda o‘tadigan konferensiya mintaqadagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan samarali dastur hamda loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

    Suv tanqisligini oldini olishning eng maqbul yo‘li undan samarali foydalanishdir. O‘zbekistonda suv resurslaridan tejamli, maqsadli va oqilona foydalanish choralari ko‘rilayotgani e’tiborga molik. Bu borada mamlakatingizning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish ustida ish olib bormoqdamiz”.

    Malayziya eksport-import banki direktori Ismoil Mahbub esa o‘z nutqini O‘zbekistonga tashrif buyurganidan bag‘oyat xursand ekanligini aytish bilan boshladi: “O‘zbekiston sayyohlik borasida ulkan salohiyatga ega ekaniga amin bo‘ldim. Ko‘plab malayziyaliklar bejiz bu yurtga kelishga katta qiziqish bildirmas ekan. Zero, bu fusunkor va jannatmonand diyorning har qarich yeri muqaddas, har go‘shasi fayzlidir.

    Toshkentdagi bir necha banklar faoliyati bilan tanishdim. Shunga ishonch hosil qildimki, O‘zbekistonda g‘oyat barqaror va ishonchli bank tizimi shakllangan. Banklarning puxta mexanizm asosida ish yuritishi menda katta taassurot qoldirdi.

    Urganchda o‘tadigan xalqaro anjuman Orolbo‘yi mintaqasi muammosiga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz”.

    Ispaniyadagi Oproler kompaniyasi direktori Xuan Alberti Orol inqirozining atrof-muhitga, odamlar hayotiga salbiy ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi muhim vazifa ekanligini ta’kidladi. “O‘ylaymanki, xalqaro konferensiyada jahon hamjamiyati hamkorligida bu borada samarali loyihalar ishlab chiqiladi.

    Konferensiyada suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish, fikr almashish, axborot olish hamda bu borada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Xuan Alberti.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Million” konsertida ochiq libosda sahnaga chiqqan Nilufar Hamidova ogohlantirildi

    Bugun, 17:01

    Uzum Market yetakchilikni mustahkamlamoqda: mamlakat aholisining 80% dan ortig‘i milliy marketpleysni biladi

    Bugun, 16:30

    O‘zbekiston oktabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    Bugun, 16:56

    “Taksi” filmidagi komissar Jiber: Fransuz aktyori Bernar Farsi hozir qayerda? (foto)

    Bugun, 16:53

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi pasaydi

    Bugun, 16:49

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    Bugun, 16:15

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    Bugun, 15:57

    Suyaklar, yurak faoliyati va xotira uchun: Qo‘ziqorinning inson organizmiga qanday foydasi bor?

    Bugun, 15:50

    “Kim birovga choh qazisa, o‘zi tushadi”. Sobiq Akfa universiteti rektori Central Asian University’dagi mojaro haqida

    Bugun, 15:35

    Ashxobod va Seul temiryo‘l sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

    Bugun, 15:10

    Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Gongkong ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Bugun, 14:56

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?