Xitoyda jazoning oily turi – o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar miqdoriqayta ko‘rib chiqiladi, deya xabar bermoqda TASS.
Xitoy poytaxtida ochilgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi 12-chaqiriq 11-sessiyasida bir qator qonun loyihalari, qonunga tuzatishlar kiritish, shu jumladan ma’muriy sud ishlarini yuritish qonunini qayta ko‘rib chiqish hamda kontrrazvedka to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasida Jinoyat kodeksining 9 ta moddasi, jumladan: qurol-yarog‘, o‘q-dori, yadro materiallari va qalbaki pul kontrabandasi; qalbaki pullar ishlab chiqarish, tovlamachilik yo‘li bilan daromad olish; fohishalik sohasida jinoiy biznesni tashkil etish va unga majburlash; o‘z majburiyatlarini bajarayotganlarga qarshilik bildirish; harbiy davrda mish-mishlar tarqatish kabilarni qayta ko‘rib chiqadi.
Agar tuzatishlar inobatga olinsa, bu Jinoyat kodeksiga 1979-yildan buyon kiritilgan ikkinchi o‘zgartirish bo‘ladi. Avval o‘lim jazosi Jinoyat kodeksining iqtisodiy jinoyatlarga tegishli 13 moddasi bo‘yicha bekor qilingan edi.
Bugungi kunda Xitoy Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini ko‘zda tutuvchi 55 ta modda bor.
Izoh (0)