Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ayni damda islohot qonunlarining birinchi paketini iloji boricha tezroq qabul qilish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
“Hukumatni qayta ishga tushirish yakunlanmoqda. Hozirda islohotlarni ortga surish o‘lim bilan tengdir. Shuning uchun men tezlikda yangi koalitsiya shakllantirishni kutmoqdaman. Bu siyosiy partiyalar va xalq deputatlari majburiyati bo‘lsa ham, men prezident sifatida shunchaki kuzatib tura olmayman. Men yangi hukumat shakllanishi va islohotlar qonunlarining birinchi paketi qabul qilinishi bilan tugashi lozim bo‘lgan bu jarayonni maksimal darajada tezlashtiraman”, — dedi Poroshenko.
Avvalroq, Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk, saylov natijalari rasman e’lon qilingach, Ukraina prezidenti bilan koalitsiya tuzishni kelishib olganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)