Qozog‘iston chegara xizmati rahbari Nurlan Julamanov o‘z lavozimi vakolatlarini suiste’mol qilganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) matbuot ximatiga asoslanib “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, XQBning ichki xavfsizlik bo‘linmasi chegara xizmati amaldorlari tomonidan o‘z vakolatlarini suite’mol qilish fakti bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Julamanov Qozog‘iston chegara xizmati rahbarligiga 2013-yilda tayinlangan edi. Undan oldin esa mamlakat mudofaa vazirligida turli yuqori lavozimlarda ishlagan.
Izoh (0)