22-oktabrdan boshlab berilayotgan Rossiya chet el pasportini olgan Qrim aholisi Shengen vizasini olish uchun Kiyevdagi Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar konsulligiga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.
Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasi Qrim rezidentlari arizalarini qabul qilish huquqiga faqatgina Ukraina konsulligi va mazkur mamlakatdagi viza markazlari ega ekanligini ma’lum qildi. “Bunda Qrimda istiqomat qiluvchilarning pasporti qaysi mamlakatdan berilgani e’tiborga olinmaydi”, — deyiladi elchixona saytida.
Qrim aholisining Shengen shartnomasi a’zosi bo‘lmagan Buyuk Britaniyaga borishi uchun ham shu tartib joriy etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)