Hindistonda avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi va 28 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avariya Assam shtatidagi Nagaon shahrida sodir bo‘lgani ma’lum qilingan. Laxmpur okrugidan Guvaxati shahriga ketayotgan avtobus katta tezlikda ko‘prikka tomon burilgan va to‘siqni yorib o‘tib, pastga qulagan.
Avtobus ichida jami qirq kishi bo‘lgan. Xabar berilishicha, jarohat olganlar Nagaon shahridagi shifoxonaga olib borilgan.
Izoh (0)