Barak Obama Amerika Qo‘shma Shtatlarining prezidenti ekanligini eshitgan Ava ismli qizcha yig‘lab yubordi. Bu haqdagi videorolikni The Huffington Post taqdim etgan.
https://www.youtube.com/watch?v=0mKeDQVstyk
Qizchaning hamsuhbati so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, Avaning eng katta orzusi Jorj Vashington bilan uchrashish bo‘lgan. Qizcha u haligacha AQSh prezidenti ekanligiga chin dildan ishongan. Unga hozirda Barak Obama AQShni boshqarayotgani aytilganda esa u yig‘lab yuborgan.
Bu amerikalik qizchalar Barak Obama tufayli xafa bo‘lgan birinchi holat emas. 2014-yil 11-sentabr kuni maktablardan biriga tashrif buyurganda muhim inson sifatida qo‘shiqchi Beyonseni kutgan qizcha xafa bo‘lib qolgan.
Izoh (0)