Suriya Rossiya bilan erkin savdo zonasi yaratish uchun ariza berdi, deya xabar qildi “Vedomosti” Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Aleksey Lixachyovga tayanib.
Uning aniqlik kiritishicha, ariza oktabr oyida topshirilgan. Suriya bilan erkin savdo zonasi haqidagi muzokaralar avval ham o‘tkazilgan, biroq mintaqada harbiy nizolar boshlanishi bilan barcha kelishuvlar yo‘qqa chiqdi. “Ularning hammasini qayta tiklash lozim”, — deya ta’kidladi Lixachyov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 23-dekabrga mo‘ljallangan Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi majlisida ushbu masalaning ko‘rilishi va bu borada qandaydir qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)