Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozarlar klubi doirasidagi chiqishida Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya to‘g‘risidagi shartnoma imzolashi ehtimoli masalasida Moskvaning fikri so‘ralmaganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“Biz muhokamalar o‘tkazdik, chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatdik, lekin hech kim bizni eshitishni istamadi. Bizga shunchaki bu bizning ishimiz emasligi aytildi. Ukraina bilan assotsiatsiya tufayli g‘arbliklar Rossiyaga o‘z mahsulotlarini ‘orqa eshiklar’ orqali kiritishni istaydilar”, − dedi Putin.
Shuningdek, u integratsiya birlashmalarining faoliyati hamda mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik tushunarli tarzda bo‘lishi kerakligini, bunday ochiqlikka Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilishi jarayoni misol bo‘lishini ham aytib o‘tgan.
Izoh (0)