Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri Pol Allen Ebola virusi bilan kurashish uchun 100 million dollar xayriya qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ G‘arbiy Afrikadagi mutaxassislarni evakuatsiya qilishga hamda mutaxassislarni Massachusets universitetida tayyorlashga sarflanadi. Allen jahon hamjamiyatini zudlik bilan epidemiyani tarqalib ketishini oldini olish harakatlariga qo‘shilishga chorladi.
Avvalroq, Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Sukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan ushbu virusga qarshi kurashish uchun 25 million dollar ajratgan edi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabar berishicha, G‘arbiy Afrikada Ebola virusi qurbonlari soni 4,8 mingdan oshgan, deyarli 10 ming nafar kishi kasallangan. O‘lim holatlari ko‘proq Gvineya, Liberiya va Syerra-Leone kabi davlatlarda kuzatilgan.
Izoh (0)