9-oktabr kuni HTC kompaniyasi selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan Desire Eye smartfonini taqdim etgan edi. Biroq uning qachon sotuvga chiqarilishi haqida ma’lumot berilmagandi. Phonearena.com saytining Focus Taiwan’ga tayanib ma’lum qilishicha, keyingi haftadan ushbu smartfon kamida Osiyoda sotila boshlanadi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Smartfonning narxi haqida hozircha ma’lumotlar mavjud emas, ammo uning texnik xususiyatlari HTC One (M8) smartfoni bilan bir xil ekanligini inobatga olib, u ham One (M8) bilan bir xil narxda sotilishi kutilmoqda. HTC One (M8) smartfoni esa 12-oktabr holatiga ko‘ra Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 1 740 000 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, HTC Desire Eye smartfonida 28 mm kenglikda tasvirga tushira oladigan 13 megapikselli va ikkita vspishkaga ega old kamera o‘rnatilgan. Shu bois u selfi suratlar olish uchun ajoyib gadjet. Shuningdek, uning orqa kamerasi ham 13 megapikseli va ikkita vspishkaga ega.
Smartfonning texnik xususiyatlari va suratlari bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)