AQShning Merilend shtatidagi Frederik shahri osmonida o‘quv vertoyoti va yengil dvigatelli samolyot to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy politsiya boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, yana ikki kishi turli darajada jarohatlar olgan. Hozirda fojea tafsilotlari aniqlanmoqda.
To‘qnashuvdan keyin samolyot o‘rmonzor daraxtlari orasiga deyarli tikkasiga kirib qolgan. Vertolyot esa yerga qulab tushgan va bir uyum metallga aylangan.
Izoh (0)