“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida “Liverpul”ga qarshi safardagi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“Bu o‘zgacha kun bo‘ldi, axir ‘Enfild’da birinchi golimni urdim. Ishonish qiyin, juda xursandman. ‘Liverpul’ga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik, biz birinchi bo‘limni ajoyib tarzda o‘tkazdik. ‘Real’ g‘alabaga haqli edi.
Men rekordlar va chempionlar ligasida urgan gollarim soniga e’tibor bermayman. Biz Messi bilan bir-birimizga juda yaqin ketyapmiz”, — dedi portugaliyalik futbolchi.
“Asosiysi ‘Real’ uch o‘yinda to‘qqiz ochko oldi. Chempionlik unvonimizni saqlab qola olamizmi? Nimaga yo‘q? Maqsadimiz sari birma-bir qadam tashlab boryapmiz, yana bir marta chempionlar ligasida g‘olib bo‘lmoqchimiz”, — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi BBC.
Izoh (0)