Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Vnukovo aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatda Fransiyaning Total neft kompaniyasi prezidenti Kristof de Marjerining nobud bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik izhor qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
“Vladimir Putin de Marjerini anchadan buyon tanir edi, u bilan yaqin ish aloqalarini o‘rnatgan edi”, − dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Avvalroq, Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot Vnukovo aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgani, hech qanday zarar ko‘rmagan qor tozalovchi mashina haydovchisi esa mast holatda bo‘lgani aniqlangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)