UEFA prezidenti Mishel Platini Braziliya futbol federatsiyasi tomonidan sovg‘a qilingan soatni qaytarib berdi. Bu haqda Die Welt nashriga tayanib, Stadion.uz xabar berdi.
FIFA avvalroq JCh — 2014 paytida Braziliya futbol federatsiyasidan sovg‘a olgan futbol rahbarlariga oktabr oyiga qadar soatni qaytarib berish talabini qo‘ygandi.
Platini dastlab soatni qaytarib bermasligini ta’kidlab, kerak bo‘lsa, soatning qiymatiga teng bo‘lgan summa (26,6 ming dollar)ni xayriya jamg‘armasiga o‘tkazishini aytgandi. Lekin bugun ma’lum bo‘lishicha, Platini baribir soatni qaytarib bergan.
Izoh (0)