• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Orol dengizi havzasida atrof-muhitni himoyalashga 1,2 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratildi

    Islom Karimov ilk bor BMT Bosh assambleyasining 1993-yil 28-sentabrda bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammosiga qaratgan edi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tomonidan mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoit yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

    Orol dengizi. Foto: glogster.com

    Orol dengizi. Foto: glogster.com

    “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va Orolbo‘yi ekologiyasini yaxshilash maqsadida ko‘plab loyihalar amaliyotga joriy etildi, — dedi jamg‘arma agentligi rahbari Normuhammad Sheraliyev. — Xususan, Orolning suvi qurigan tubida qariyb 400 ming gektarga yaqin o‘rmonzorlar barpo etildi. Hozir garmselni qaytarayotgan, zararli tuzlar havoga ko‘tarilishining oldini olayotgan saksovullar bo‘yi to‘rt-besh metrgacha yetgan. Sho‘rxok qumliklar ekotizimi tiklanib, o‘t-o‘lanlar ko‘paymoqda, hayot kechirishning tabiiy sharoiti yuzaga kelayotgani tufayli yana parranda va darrandalar hududga qaytmoqda”.

    Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa iqtisodiyot komissiyasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlar yaqindan yordam bermoqda.

    Orol dengizi 2000 yil avgustida. Foto: earthobservatory.nasa.gov / Gazeta.uz

    Orol dengizi 2000 yil avgustida. Foto: earthobservatory.nasa.gov / Gazeta.uz

    O‘zbekiston keyingi o‘n yil davomida Orolbo‘yi aholisining hayot tarzini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari ochish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda Orol dengizi havzasida suv resurslari va atrof-muhitni himoyalash yo‘nalishlariga bir milliard 200 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ ajratdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi farmoyishi bilan 2013-2015-yillarga mo‘ljallangan qator loyihalar belgilab berildi. Ulardan biri “Amudaryo deltasida kichik ko‘llarni tashkil etish” loyihasidir. Bu loyiha asosida Amudaryo deltasi bo‘ylab, Orol dengizi qirg‘oqlari atrofida kichik hajmli suv havzalari barpo etiladi. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihaning birinchi fazasi 2002—2012-yillarda amalga oshirilgan bo‘lib, natijada to‘rtta damba, oltita suv taqsimlovchi gidroinshoot ishga tushirildi. Umumiy maydoni 64 ming gektardan iborat ko‘llarda suvni saqlash holati yaxshilandi. Bu to‘qayzorlar maydoni kengayib, chorva mollari uchun ozuqabop o‘simliklar ko‘payishiga xizmat qilmoqda. Chorvachilik sohasida mollarning bosh sonini va ulardan olinadigan sut va go‘sht mahsulotlarini oshirishga hamda suv havzalarida qushlar va mo‘ynali hayvonlarning ko‘payishiga sharoit yaratildi.

    Mazkur loyihaning asosiy maqsadi Amudaryo deltasining markaziy zonasida kichik suv havzalari barpo etish va ulardagi suv rejimini boshqarishni takomillashtirish, ekologik muvozanatni tiklash, ish o‘rinlari yaratish va qumlarning ko‘chishini to‘xtatib, o‘simliklar va hayvonot dunyosini saqlab qolishdir. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir tup saksovul va cherkez uch tonna tuzli qum ko‘chishining oldini olar ekan.

    Orol dengizi. Foto: trendytron.com

    Orol dengizi. Foto: trendytron.com

    Yuqorida qayd etilgan farmoyish asosida Mo‘ynoq tumanidagi Axantay va Aqqum massivlarida himoyalovchi o‘rmon o‘simliklari hamda qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli butazorlar ekish asosida dov-daraxtlar va o‘simliklarni ko‘paytirish ishlari bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar ko‘magida 20 ming gektarli saksovulzor bunyod etilib, hozirda qariyb 1000 gektar maydonga 900 ming tup saksovul ko‘chatlari o‘tqazildi.

    Orol fojiasining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan loyihalardan yana biri qishloqlardagi aholi suv ta’minotini yaxshilash loyihasidir. Hozir Taxtako‘pir tumanidagi ikkita aholi punktiga artezian quduqlari qurilib, yerosti suvini tozalagan holda aholiga yetkazib berish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad mintaqadagi aholi sog‘lig‘ini muhofazalashda muhim o‘rin tutadigan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash orqali Orolbo‘yi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Islom Karimovning 2014-yil 5-avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan Urganch shahrida shu yilning oktabr oyi oxirida “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etiladi.

    Bundan avvalroq, AQShning Milliy aerokosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA)ning Earth Observatory sayti tomonidan Orol dengizining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan yangi fotosuratlari e’lon qilinib, ularda Janubiy Orol dengizining sharqiy qismi to‘liq qurib qolganini ko‘rish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

    07.10.2014, 15:46   Izoh (0)   13722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” vagonlarning avtomatlashgan ma’lumotlar bazasini joriy qiladi

    07.10.2014, 10:36

    Islom Karimov bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi

    07.10.2014, 09:45

    O‘zbekiston muftiysi dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni ro‘yxatiga kiritildi

    06.10.2014, 12:47

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” yuk tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritdi

    06.10.2014, 11:55

    O‘zbekistonda chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi otryadlar tuziladi

    06.10.2014, 11:02

    O‘zbekistondagi uchta partiya saylovchilar imzosini Markaziy saylov komissiyasiga topshirib bo‘ldi

    06.10.2014, 10:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.