Amu-Buxoro mashina kanali Qiziltepa tuman boshqarmasi tomonidan 1- va 2-suzuvchi nasos stansiyalari o‘rniga 12 agregatni o‘z ichiga olgan Quyimozor-2 yangi nasos stansiyasi qurilib, ishga tushirildi. Bu haqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar bermoqda.
Mazkur inshoot 43 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega.
Foydalanish muddati o‘tgan Qiziltepa-1 va 2-nasos stansiyalarini ham 2015—2020-yillar oralig‘ida Osiyo taraqqiyot banki va byudjet mablag‘lari hisobidan mukammal rekonstruksiya qilish mo‘ljallangan.
Izoh (0)