Pokiston g‘arbidagi Belujiston viloyatining Kvetta shahrida bomba portlashi natijasida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 10 dan ortiq odam jarohat olgan, deb xabar bermoqda “TASS” agentligi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, terrorist o‘ziga o‘rnatilgan bombani harakatga keltirgan. Terakt shahar g‘arbidagi qizlar maktabi yaqinida sodir bo‘lgan. Bu so‘nggi kunlarda Kvettada bo‘lgan ikkinchi portlashdir. Avvalroq jangarilar tomonidan meva yuklangan furgon portlatilishi natijasida 7 kishi jarohat olgan edi.
Yana bir yirik terakt mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xaybar-Paxtunxva viloyatining Koxat shahrida sodir etilgan. Avtobus salonidagi bombaning masofadan harakatga keltirilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)