Ukraina g‘arbidagi Ujgorod shahrining “Goverla” futbol klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Maksim Shatskix Ukraina chempionatida urgan gollari soni bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Ukraina chempionati 8-turi doirasida Luganskning “Zarya” klubiga qarshi kechgan o‘yinda Maksim Shatskix milliy chempionatdagi o‘zining 124-golini kiritdi va bu borada “Dinamo” (Kiyev) klubi futbolchisi Sergey Rebrovdan o‘zib ketdi.
Ma’lumot uchun, “Zarya” — “Goverla” uchrashuvi 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tib, 2:1 hisobidagi “Zarya” g‘alabasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)