Incheonda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasining finalida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan Koreya Respublikasi terma jamoasi a’zolari harbiy xizmatdan ozod etildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Shunday qilib, shimollik qo‘shnilarini hal qiluvchi bahsda minimal hisobda yenggan janubliklar 22 oylik harbiy xizmatga bormaydigan bo‘ldi. Shimoliy Koreya terma jamoasi a’zolarini esa nima kutayotgani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarida ham Olimpiya o‘yinlari kabi faqat 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashishi mumkin. Istisno tariqasida 3 nafar 23 yoshdan katta futbolchilarning ishtirokiga ruxsat beriladi.
Izoh (0)