Bugun Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni egallagan bir guruh sportchilarga Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlar ekan, ularga kelgusida ham omad va zafarlar tiladi.
“Bu kabi sharaflash marosimlari sportchi va murabbiylarni yanada hamjihat va hamfikr bo‘lishlikka chorlaydi. G‘alabaga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Fursatdan foydalanib, biz sportchilarga doimo katta ishonch bildiradigan xalqimiz, Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.
Bizga qaratilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rliklarga javoban kelgusida ham vatanim sha’nini yanada yuksaltirish yo‘lida bor kuch va mahoratimni safarbar qilaman”, — dedi ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo o‘yinlari rekordchisi Svetlana Radzivil.
Izoh (0)