Talbot Runhof nomli Germaniya modalar uyi o‘zining yangi kolleksiyasida markaziy mavzu qilib Vladimir Putinning suratini oldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda” Novate.ru axborotiga tayanib.
Parij modalar haftaligi doirasida Germaniya modalar uyi modellari Rossiya prezidentining rasmi tushirilgan liboslarda paydo bo‘ldi.
Har bir libosda Vladimir Putin moda olamining asosiy to‘rt shahri — Parij, Nyu-York, London va Milan shaharlaridan birining timsoli bilan tasvirlangan. Suratdan tashqari liboslarda “U kelmasidan avval mazkur shaharga tashrif buyuring” degan yozuv bitilgan.
Kolleksiya mualliflari so‘zlariga ko‘ra, ular Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi bilan bog‘liq voqealarga bo‘lgan munosabatlarini mazkur liboslar orqali hazil bilan namoyon qilmoqchi bo‘lgan. Modelyerlar kolleksiya omad qozonishiga ishonmoqda.
Izoh (0)